logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:56
KirishA'zo bo'lish
«Real» rahbarlaridan biri vafot etdi, u klubda 1956 yildan buyon ishlab kelayotgan edi

22 DEKABR, 15:23 177

.

«Real» rahbariyati azosi Anxel Aguado vafot etdi. Klub rasmiy saytida malum qilinishicha, u 1956 yildan buyon klub tizimida mehnat qilib kelayotgan edi.

«Real» va uning prezidenti Florentino Peres klub direktorlar kengashi azosi Anxel Aguadoning vafoti munosabati bilan uning yaqinlariga chuqur taziya izhor etadi», - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, marhum hozirgi prezident Peresning boshqaruvi davrida doimiy ravishda direktorlar kengashi azosi hisoblangan va «Real Madrid Foundation» loyihasining faol tashkilotchisi bo'lgan. U umrining 62 yilini shu klubga baxshida etgan.

.

Shu munosabat bilan bugun «Real» ishtirokida bo'lib o'tadigan klublar o'rtasidagi jahon chempionati finali bir daqiqalik sukut bilan boshlanishi kutilmoqda. BAAning «Al-Ayn» klubiga qarshi bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 31