logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 03:07
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

De Ligt kam o'yin amaliyotidan norozi

 17 SENTYABR, 2023, 11:48

Gollandiyalik himoyachi Matteys de Ligt «Bavariya»da o'yin amaliyoti kamligi haqida gapirdi.

«Nega meni birinchi daqiqalardanoq maydonga qo'yishmaydi? Bilmadim, murabbiydan so'raganingiz ma'qul.

Mendan talab qilingan narsani qilaman, lekin vaqt berilmaydi. Men ishlashda davom etaman. Qolgan hamma narsa murabbiylar shtabiga bog'liq», - dedi himoyachi.

Joriy mavsumda de Ligt Germaniya chempionatining to'rtta uchrashuvida qatnashib, jami 37 daqiqa maydonda o'ynadi.

24 yoshli gollandiyalikning klub bilan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR