logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:13
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Xavi: «Uchrashuv mukammal bo'lmadi»

 17 SENTYABR, 2023, 11:36

Kataloniyaning «Barselona» klubi bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya chempionatining 5-turi doirasida «Betis»ga qarshi kechgan o'yindan so'ng OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Uchrashuv «Kamp Nou»da bo'lib o'tdi va yirik 5:0 hisobi bilan yakunlandi.

«Uchrashuv mukammal bo'lmadi, lekin qoniqarli natija bilan tugadi. Futbolchilarimning ruhiyatidan mamnunman.

Biz ajoyib vaqt o'tkazdik. Aynan shunday bo'lishi kerak edi», - deya mutaxassisning so'zlarini keltiradi Marca nashri.

Beshta tur natijasiga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» 13 ochko jamg'arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR