logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Ferdinand: «Bellingem «oltin to'p»siz faoliyatini yakunlasa, hayron qolaman»

 17 SENTYABR, 2023, 11:24

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi va amaldagi futbol eksperti Rio Ferdinand «Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Bellingemni Lempard va Jerrard bilan solishtirishadi. Ammo ularning hech biri Jud o'z yoshida qilayotgan ishni qilmadi.

«Real Madrid»ga o'tish va birinchi o'yinlarda eng yaxshi bo'lish juda zo'r. Agar shunday davom etsa, «Oltin to'p»ni qo'lga kiritadi. Agar u ushbu sovrinsiz faoliyatini yakunlasa, hayron qolaman», - deya Ferdinandning so'zlarini keltiradi Daily Mail.

20 yoshli ingliz futbolchisi o'tgan yozda «Real»ga o'tgan edi. Bellingem La Ligada to'rtta o'yin o'tkazib, beshta gol urdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR