logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:45
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Anri: «Messini yagona etakchi talab etiladigan jamoaga joylashtirish kerak»

 17 SENTYABR, 2023, 11:18

Londonning «Arsenal» klubi va Frantsiya terma jamoasi afsonasi Terri Anri hujumchi Lionel Messining «PSJ»dagi faoliyati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Messining Parijdagi ikki yilidan hafsalam pir bo'ldimi? Yo'q. Nega? Chunki «PSJ»da o'ynash azaldan bosh og'riq. Ular mukammal tuzilma va tashkilotchilikka muhtoj. Qanday qilib bir vaqtning o'zida Messi, Mbappe va Neymarni o'ynatish mumkin?

Argentina terma jamoasi yaxlit tuzilmaga ega. U erda uchta Messi yo'q, u yolg'iz. Uni yagona etakchi talab etiladigan jamoaga joylashtirish kerak», - dedi Terri.

Lionel 2021 yildan 2023 yilgacha Parij jamoasida o'ynagan. Yozdan beri u «Inter Mayami»da o'ynamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR