logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:06
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Terzich: «Hozircha 100 foizlik potentsialda o'ynamayapmiz»

 17 SENTYABR, 2023, 11:06

Dortmundning «Borussiya» klubi bosh murabbiyi Edin Terzich Bundesliganing 4-turida «Frayburg» ustidan qozonilgan g'alaba (4:2) haqida fikr bildirdi.

«Biz g'alabadan xursandmiz, ammo hozircha 100 foizlik potentsialda o'ynamayapmiz. Yaxshi startdan so'ng o'yinni nazorat qila olmaganimiz bizga yoqmaydi.

Biz raqib jarima maydonchamiz yaqinida ko'pincha to'plardan foydalanishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qildik, ammo bu ish bermadi.

60-daqiqadan boshlab biz Fyullkrug va Malenni hujumga chiqarib, uchta himoyachi bilan o'ynashga o'tdik va bu yaxshi natija berdi», - deya Terzichning so'zlarini keltiradi klub sayti.

«Borussiya» Germaniya chempionati turnir jadvalida 8 ochko bilan 7-o'rinda bormoqda. Jamoa hisobida 2 g'alaba va 2 durang bor.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR