logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:33
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Pochettino: «Sterlingning o'yinidan mamnunman»

 17 SENTYABR, 2023, 11:00

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Angliya terma jamoasining so'nggi o'yinlariga chaqirilmagan Rahim Sterling haqida gapirdi.

«Shaxsan men Sterlingning o'yinidan mamnunman. So'nggi bir necha hafta ichida u yaxshi ishladi. Rahim juda qattiq mehnat qildi. U g'ayratli, o'ynashni va «Chelsi»ga yordam berishni xohlaydi. Albatta, u Angliyaning boshqa top-futbolchilari kabi milliy terma jamoada o'ynashni istardi», - dedi argentinalik mutaxassis.

Joriy mavsumda Sterling «aristokratlar» tarkibida to'rtta o'yin o'tkazib, ikkita gol urdi. Rahim o'tgan yozdan beri bu jamoa safida to'p tepmoqda. Futbolchining shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR