logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:07
KirishA'zo bo'lish
Inesta murabbiylikka qadam qo'yishi ehtimolini baholadi

22 DEKABR, 15:22 125

.


«Barselona»ning sobiq yarimhimoyachisi, ayni paytda Yaponiyaning «Vissel Kobe» klubi sharafini himoya qilayotgan Andres Inesta o'zida murabbiylikka havas uyg'ongani haqida aytib berdi.

«Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. «Barselona»ga murabbiy bo'lish istagim yo'q, deb aytmagan bo'lardim. Bu haqda o'ylab ko'rganim rost. O'zimni murabbiy sifatida ko'ryapman, lekin futbolchilik faoliyatimni yakunlaganimda hammasi o'zgarib ketishi mumkin. Qaysi yo'ldan ketishimni o'shanda hal qilib olaman», – degan Inestadan iqtibos keltirdi Mundo Deportivo.

34 yoshli ispan 2006-2018 yillar mobaynida «ko'k-anorranglilar» sharafini himoya qilib keldi. Uning yapon klubi may oyida imzolagan bilan bitimi 3 yilga mo'ljallangan.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 11