logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:35
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Inter Mayami» hujumchisi: «Messi qanchalik buyuk bo'lmasin, kamtar odam»

 17 SENTYABR, 2023, 10:54

«Inter Mayami» hujumchisi Leonardo Kampana o'tgan yozda jamoaga qo'shilgan jamoadoshi Lionel Messi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.

«Messi qanchalik buyuk bo'lmasin, u kamtar odam. Lionel har doim jamoaga o'z hurmatini ko'rsatadi, bizga birinchi bo'lib xabar yo'llaydi, omad tilaydi, shuningdek, motivatsiya beradi.

U o'zini boshqalardan yaxshiroq deb hisoblamaydi. Bu bizga xotirjamlik beradi. Messi bizga o'yin davomida ham, oldin ham maslahatlar beradi.

U jamoaga eng mayda detallarigacha ta'sir qiladi», - dedi Kampana.

Messi «Inter Mayami» safida 11 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR