logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:10
KirishA'zo bo'lish
O'zbekiston terma jamoasi Ummonni faqat bir marta mag'lub etgan

22 DEKABR, 13:47 188

2019 yilning 5 yanvar - 1 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida Osiyo Kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi. O'zbekiston milliy terma jamoasi F guruhida Yaponiya, Turkmaniston va Ummon terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O'FA sayti Ummon terma jamoasi va unga qarshi o'yinlardagi statistikani taqdim qildi.

Osiyo Kubogidagi ilk o'yin 9 yanvar kuni Ummon terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. Ayni paytda Ummonni gollandiyalik tajribali mutaxassis Pim Verbeek boshqarib bormoqda. Jamoa uning qo'l ostida shu yilning yanvar oyida o'tkazilgan Fors ko'rfazi Kubogida g'alaba qozongan.

O'zbekiston milliy terma jamoasining Ummonga qarshi o'yinlari tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, biz jami 5ta o'yin o'tkazganmiz. Shularning bittasida g'alaba qozonib, 4ta uchrashuvda mag'lubiyatga uchraganmiz. To'plar nisbati 7-8.

Ummonga qarshi barcha o'yinlar:

08.09.2001 O'zbekiston - Ummon 5:0

13.10.2001 Ummon - O'zbekiston 4:2

20.08.2008 Ummon - O'zbekiston 2:0

27.05.2014 O'zbekiston - Ummon 0:1

29.05.2014 O'zbekiston - Ummon 0:1

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21