logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 15:06
KirishA'zo bo'lish
Reklamalar uchun uzr so`raymiz,
Saytga a`zo bo`lsangiz reklamalar ko`rinmaydi!
«Real» Mersedes avtomobiliga o'xshatildi

 22 DEKABR, 13:47 196

«Al-Ayn» klubining xorvatiyalik ustozi Zoran Mamich klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalidan oldin, raqib «Real» haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Real» dunyoning eng kuchli klubidir va o'zimizni u bilan taqqoslay olmaymiz. Ammo, biz finaldamiz va o'z mamlakatimiz sharafini bor kuchimiz bilan himoya qilamiz. «Real»ni ranjitish niyatimiz bor.

Imkonsiz narsaning o'zi yo'q, chunki bu – final. Agar omad bizga kulib boqsa, hamma narsa yuz berishi mumkin. Biz g'alaba qozonishimizga ishonishimiz kerak. Ammo bir narsani tushunib turibmiz, «Real» - Mersedes, biz esa — kichkina Smart» — dedi Mamich.

«Real» — «Al-Ayn» o'yini 22 dekabr kuni soat 21:30da boshlanadi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 1 / 34