logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:28
KirishA'zo bo'lish
Valverde «Barsa»ning qishki transfer rejalari bilan o'rtoqlashdi

22 DEKABR, 11:29 268

.

«Barselona» bosh murabbiyi Ernesto Valverde bugun bo'lib o'tadigan «Selta»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida klubning qishki transferlar mavsumidagi faoliyatiga to'xtalib o'tdi.

Goal keltirgan iqtiboslarga ko'ra, «ko'k-anorranglilar» ustozi yanvarda jamoadan hech kim ketmasligiga umid qilmoqda. U, shuningdek, «PSJ» yarimhimoyachisi Adrien Raboning sotib olinishi borasida fikr bildirishni istamagan.

«Men transfer oynasi hali ochilmay turib, uni yopadigan birinchi murabbiy bo'laman. Albatta, biz bir qancha futbolchilarni kuzatib boramiz, boshqa klublar ham bizning o'yinchilarga etibor qaratishadi. Bu – tabiiy jarayon.

Nima bo'lishini bilmayman. Hammasi, o'tgan yozda bo'lgani kabi, istalgan vaqtda o'zgarib ketishi mumkin. «Barselona» ehtiyotkorlik bilan harakat qiladi. Yanvarda safimizdan hech kim bizni tark etmasligiga umid qilaman», - deya aytib o'tdi Valverde.

«Boshqa klublarning ishiga burnimizni suqmaymiz. O'z tashvishlarimiz ham etarli. Shu boisdan Rabo borasida hech narsa demoqchi emasman. Bu futbolchi va klub haqida gapirishim noo'rin», – dedi «Barsa» ustozi.

Valverde «boshqa klublarning ichki ishlari» deganda «PSJ» va Rabo o'rtasidagi ziddiyatni nazarda tutmoqda. Avvalroq parijliklar sport direktori Antero Enrike bayonot bilan chiqib, Adrien shartnomani uzaytirish yuzasidan bir necha oy davomida klubni aldab kelganidan yozg'irgan, buning uchun futbolchi nomalum muddatga o'yinlardan chetlatilganini aytganedi.

«PSJ» rasmiysining bu bayonotiga javoban Raboning onasi va agenti Veronik o'g'lining Parij klubidan ketish qarori qatiy ekani va bu yo'lda ortga qaytmasligini aytdi. Ona hech qaysi klub bilan aloqaga chiqmaganini ham qo'shimcha qilib, o'g'li shartnomani yangilash taklifini rad etgan holda «ozodligi uchun to'lov» qilishiga to'g'ri kelayotganini takidladi.

Raboning bitimi 2019 yil yozida nihoyasiga etadi. Keyingi oydan etiboran u boshqa klublar bilan mustaqil tarzda muzokaralarga kirishish imkoniga ega bo'ladi. 23 yoshli xavbekka anchadan buyon «Barselona» asosiy davogar bo'lib kelmoqda.

Malumot uchun, Ispaniya chempioni ilk transferini hal etib bo'lgan. Klub shu hafta «Valensiya»dan yarimhimoyachi Jeyson Muriloni ijaraga olganini elon qildi.

«Barselona» – «Selta» uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 26