logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:13
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Luis Alberto Saudiyadan kelgan takliflarni rad etdi

 27 IYUL, 2023, 00:55

"Latsio" yarim himoyachisi Luis Albertoning kelajagi noaniqligicha qolmoqda. Relevo xabariga ko'ra, 30 yoshli ispaniyalik Rim klubi bilan shartnomani uzaytirish uchun Saudiya Arabistonidan kelgan foydali takliflarni rad etgan. Biroq jamoa prezidenti Klaudio Lotito taklif shartlarini o'zgartirishga qaror qildi, bu esa futbolchiga unchalik yoqmadi.

Qayd etilishicha, Albertoga “Al-Hilol”dan yangi taklif bor. Saudiya klubi ispaniyalik futbolchiga yiliga 15 million evro "toza" maosh taklif qilmoqda.

Luis Alberto 2016/2017 yilgi mavsumdan beri "Latsio"da o'ynamoqda. Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchini 18 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR