logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:19
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Jenoa" Italiya terma jamoasi hujumchisini transfer qildi

 27 IYUL, 2023, 00:44

“Jenoa” italiyalik hujumchi Mateo Retegi bilan shartnoma imzoladi.

Italiya fuqaroligiga qabul qilingan argentinalik futbolchi "Boka Xuniors"dan A Seriya jamoasiga o'tdi.

Janluka Di Martsioning so'zlariga ko'ra, Argentina klubi ushbu transfer uchun 15 million evrodan ko'proq pul oladi, bonus to'lovlari ham ko'zda tutilgan.

Retegining "Jenoa" bilan shartnomasi muddatiga aniqlik kiritilmagan.

2023 yilgi Argentina chempionatida hujumchi “Tigre” safida ijara asosida 21 ta o'yin o'tkazgan va 11 ta gol urgan. Italiya terma jamoasi tarkibida 3 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR