logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Rasman! Dembele "Al-Ittifoq" a'zosiga aylandi

 27 IYUL, 2023, 00:44

Frantsiyalik hujumchi Mussa Dembele rasman Saudiyaning “Al-Ittifoq” klubiga o'tdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Eslatib o'tamiz, hujumchi shu yozda erkin agentga aylandi, chunki uning "Lion" bilan shartnomasi yakuniga etdi. O'tgan mavsumda u "to'kuvchilar" safida 28 ta rasmiy o'yinda atigi 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nufuzli Transfermarkt portali jamoaga yangi kelgan futbolchini 12 million evroga baholamoqda. Futbolchi yangi klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.

Aytgancha, Dembele yangi jamoada taniqli murabbiy – Stiven Jerrard qo'l ostida mashg'ulot o'tkazadi va o'ynaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR