logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:15
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

De Xea "Bavariya" uchun variant emas

 27 IYUL, 2023, 00:33

"Bavariya" David De Xea bilan shartnoma imzolamaydi.

Avvalroq Myunxen klubi "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboniga qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgandi.

Sky Sports jurnalisti Florian Plettenbergning yozishicha, De Xea xizmatlari "Bavariya"ga taklif qilingan, ammo klub hozir bu variantni ko'rib chiqmayapti - ispaniyalik futbolchi yuqori maosh talab qiladi va ikkinchi darvozabon roliga rozi bo'lmaydi. Taxminlarga ko'ra, Manuel Noyer jarohatidan tuzalgach, jamoaning asosiy darvozaboni bo'ladi.

De Xea iyul oyi boshida "Manchester Yunayted"ni tark etganidan so'ng erkin agent bo'lib turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR