logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 07:10
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

«Chelsi»ning yangi umidi

 26 IYUL, 2023, 23:55

Yaqinda «Chelsi» Kristofer Nkunku transferini rasman e'lon qildi.

 «RB Leyptsig»ning universal o'yinchisi uchun 60 mln. evrodan (bonuslari ham bor) voz kechib, u bilan 2029 yilgacha hamkorlik xususida kelishuvga erishdi. Nkunku Londonga Bundesliganing eng yorqin yulduzlaridan biri va qit'aning mohir futbolchisi maqomida yo'l oldi.

«PSJ»ga yaramagan iqtidor

Kristoferni Frantsiya terma jamoasining JCh-1998dagi zafaridan junbushga kelgan ilhom mahsuli sifatida e'tirof etib, unga «Klass-98» nomini berishgan. Vaholanki, futbolchi u paytda 1 yoshga etmagan chaqaloq edi. Kris «Marolya» va «Fonteblo» akademiyalaridagi tahsildan so'ng, Parijga ko'chib o'tdi va mashhur «Klerfonten» maktabida ham futbol sirlarini o'rgandi. Nikolya Anelka, Terri Anri, Kilian Mbappe kabi ko'plab taniqli futbolchilar aynan shu maskanda voyaga etganliklarini yaxshi bilasiz, albatta. Markus Tyuram, Allan Sen-Maksimen va Amin Xarit kabi iqtidorlar esa Nkunkuning guruhdoshlaridir.

O'smirlik chog'ida Nkunku tengdoshlariga nisbatan ozg'in va kichikroq bolakay edi. Bundan tashqari, Pleyn uning o'ta sezuvchanligi va kamtarligini kasbdoshlariga ta'kidlar, shu bois murabbiylar uni Mourino uslubida oshkora tanqid qilishdan o'zlarini tiyib, aksincha, qo'llab-quvvatlashar va kamchiliklarini muloyimlik bilan tushuntirar edilar. Mashg'ulot jarayonida Kris Markus bilan do'stlashib qolgan, o'g'lini olib ketish chog'ida Lilian doimo bir xil savolni berardi: «mashg'ulotlaring quvnoq o'tdimi?» Shu tariqa ota o'g'lini natijadan emas, jarayondan zavq olishga o'rgatdi. Kris ham bu saboqdan bahramand bo'ldi. 2015 yilda 18 yoshli Nkunku EChLning «Shaxtyor»ga qarshi uchrashuvida ilk marta «PSJ» tarkibida maydonga tushdi.

Yil sayin Kris tobora ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'la boshladi, ammo asosiy tarkibga ko'tarilishning deyarli iloji yo'q edi. Axir Neymar va Verrattidek maestrolar bilan raqobatlashish oson emasdida. 2018|2019 yillar mavsumida Nkunku taxminan 1500 daqiqa (17ta o'yin) to'p surdi, 3ta gol urdi. Tabiiyki, bu xavbekni qoniqtirmadi - o'shanda u 21ga chiqqan, tengdoshlari top-klublarning asosiy tarkibidan joy olib, hal qiluvchi gollarni ura boshlagandilar. Kris esa «PSJ» bilan uzoqqa bora olmasligini tushunib etdi. Shu tariqa unda Tomas Tuxelga nisbatan norozilik paydo bo'ldi.

Yana Tuxel to'sig'i va Nagelsmann, Tedesko bilan hamkorlik

Aftidan, frantsiyalik futbolchi Tuxeldan qattiq xafa bo'lgandi. 2021 yilda OAVda Nkunkuning «Chelsi»ga transferi o'sha paytda londonliklar bosh murabbiyi lavozimini egallagan Tomas Tuxel tufayli barbod bo'lishi haqida xabarlar paydo bo'ldi. Shuningdek, Kris markazdan nariga o'ta olmay qolgani uchun ham alamzada bo'lib qolgandi. Chunki uning sevimli pozitsiyasi o'nlik edi.

2019 yilda «RB Leyptsig»ga o'tgan Yulian Nagelsmann 4-2-2-2 uslubini qo'llash bilan debyutantga qanotda to'p surish imkoniyatini hadya etdi. Nkunku insayd rolini ado etib, qanotdan markazga intilish orqali hujumkor kombinatsiyalarda qatnasha boshladi. Natijada u 5}15 ko'rsatkich bilan evromavsum kashfiyotlaridan biriga aylandi. Keyingi mavsumda murabbiy 3-4-2-1 sxemasiga o'tib, Nkunkuni o'nlik pozitsiyasiga tushirdi, uning harakatlanishi va kreativligini cheklamadi. Futbolchining harakatchanligi pasaymadi, lekin Bundesligada 6}7 natijasini qayd etdi. To'g'ri, bu pasayishni Timo Vernerning ketishi bilan izohlash mumkin. Umuman olganda, futbolchi himoya chizig'idan tashqari, barcha pozitsiyalar - lateral, markaziy yarim himoyachi, vinger, o'nlik, «soxta to'qqizlik» vazifalarini ado eta oladigan universal o'yinchi maqomiga ko'tarildi. Muhimi, barcha pozitsiyalarda samarali va ishonchli o'yin ko'rsatdi. Shundan keyin Kris Frantsiya terma jamoasi tarkibida kechiktirilgan Evro-2020 turnirida to'p surish niyatida edi. Biroq Dide Desham iqtidorli xavbekka ishonch bildirmadi.

2021|2022 yillar mavsumida Nkunku yorqin faoliyatini davom ettirdi va top-klublar e'tiborini tortdi. Mavsum avvalidagi inqirozga qaramasdan, «RB Leyptsig» Domeniko Tedesko rahbarligida ELning yarim finaligacha etib bordi, Germaniya Kubogini qo'lga kiritdi. Bunda 52ta o'yinda 35}20 ko'rsatkichni qayd etgan Krisning ulushi ulkan bo'ldi. Chunki u sermahsullik bobida Leo Messi darajasida to'p surgandi. Qo'shimchasiga, u mavsumda 4 marta oyning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor bo'lgan dastlabki o'yinchi bo'ldi.

2022 yil avvalida nihoyat, Nkunku terma jamoadan chorlov oldi, noyabrda esa JCh-2022 ishtirokchilari ro'yxatiga kiritildi. Biroq afsuski, mundial arafasidagi mashg'ulotlarning birida jarohat oldi va musobaqada qatnasha olmadi. OAV kutilmagan yo'qotishni amaldagi jahon chempionining tavqi-la'natga duch kelganiga yo'yishdi, ammo terma jamoa Nkunkuning ko'magisiz ham qatorasiga ikkinchi marta finalga etib bordi. Biroq aynan shu hal qiluvchi bellashuvda Krisning yo'qligi bilindi. Aks holda, Frantsiya yana shohsupaga ko'tarilishi mumkin edi. Frantsiyalik iqtidor Levandovski, Xoland va Sanchodan keyin haqli ravishda Bundesliganing eng yorqin o'yinchisi maqomiga ko'tarildi. Unga muntazam ravishda 2-hujumchi pozitsiyasida to'p surish huquqining berilishi darvozaga yanada yaqinroq hududda to'p surish imkoniyatini berdi.

«Chelsi»da Nkunkudan nimalarni kutish mumkin?

Kristofer Londonga aynan birinchi darajali universal maqomida yo'l olmoqda. «Chelsi» shunchaki, o'rtamiyona hujumchilarga pul sarflamoqchi emas. Shu bois, to'qqizlik pozitsiyasi frantsiyalik o'yinchiga berilishi kerak. Boshqa tomondan, Pochettino uchun hujumchining ish qobiliyati juda muhim. Bu jihatdan Nkunku - aynan argentinalik murabbiy izlayotgan o'yinchi.

Mazkur transfer xususida Todd Bouli va «Chelsi» menejerlari o'tgan yili muzokara olib borishgan, taxminan 60 mln. evroda to'xtashgandi. «Ko'klar»ning qishda Mudrik, Entso va boshqa futbolchilarga sarflagan mablag'lari oldida bu arzimas chaqadek ko'rinadi. Zamonaviy futbol strategiyasiga zid o'laroq, bu kelishuvlar murabbiyga mos emasdi. Biroq Maurisio Pochettino Kristoferni yangi, erliklarga xos bo'lmagan saviyaga olib chiqa oladigan murabbiydek ko'rinmoqda. Yangi mavsum bu masalaga oydinlik kiritadi.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR