logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:20
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Mbappe tufayli «PSJ» ichki muhiti yomonlashdi

 26 IYUL, 2023, 23:44

Hujumchi Kilian Mbappe tufayli «PSJ»dagi ichki muhitga putur etdi. Eslatib o'tamiz, parijliklar 24 yoshli futbolchi Yaponiyadagi yig'inga olib ketishmadi va uni trnasferga qo'yishdi.

"Pari Sen-Jermen" sardori Markinos esa Mbappeni qo'llab-quvvatladi: «Umid qilaman, u jamoaga qaytadi va «PSJ»ga yordam beradi. Ajoyib o'yinchi».

Jamoaning qatarlik rahbarlariga Markinosning bu fikri yoqmadi. Jumladan, «PSJ» prezidenti Nossir al-Xelayfiy o'z munosabatini jamoaga ma'lum qilgan.

Klubga yaqin manbada aytilishicha, ayni paytda futbolchilar Mbappe borasida ikki toifaga bo'linishgan. Ba'zi o'yinchilar Kilianni qo'llab-quvvatlayotgan bo'lishsa, ayrimlari rahbariyatning pozitsiyasini to'g'ri deya bilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR