logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:20
KirishA'zo bo'lish
APL. «Liverpul» «Vulverhempton»ni mag'lub etib, «Siti»dan 4 ochko ilgarilab ketdi

22 DEKABR, 08:31 187

Angliya chempionati 18-turi start oldi.

Turning ilk uchrashuvida "Vulverhempton" o'z maydonida "Liverpul"ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 0:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

O'yinning 18-daqiqasida Saloh hisobni ochgan bo'lsa, 68-daqiqada van Deyk ham vaziyatdan unumli foydalanib, jamoasining ishonchli g'alabasini taminladi.

Ushbu g'alabadan so'ng "Liverpul" o'z hisobidagi ochkolarni 48 taga etkazib oldi va bir o'yin ko'p o'ynagan holda eng yaqin taqibchisi "Manchester Siti"ni 4 ochko farq bilan ortda qoldirmoqda.

Vulverhempton – Liverpul 0:2

Gollar: 0:1 – 18 Salax, 0:2 – 68 van Deyk.

Vulverhempton – Ruy Patrisiu, Koudi, Boli, Kastro (Ruben Vinagre, 81), Bennett, Moutinyu (Gibbs-Uayt, 63), Saiss, Traore (Kavaleyru, 63), Ruben Nevesh, Doerti, Ximenes.

Liverpul – Alisson, van Deyk, Lovren, Robertson, Xenderson, Milner, Keyta (Lallana, 58), Fabino, Mane (Klayn, 87), Firmino (Veynaldum, 76), Saloh.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 34