logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Shamol bo'lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi...

 26 IYUL, 2023, 22:55

Eronlik hujumchi Mehdi Taremining agenti o'z mijozi «MYu» safini to'ldirishi mumkinligiga shama qildi.

Vaholanki, hammasidan xabardor matbuotda bu futbolchi va «qizil iblislar»ga bog'liq hech qanday umumiy ma'lumot chiqmagandi. Qiziqarli burilish.

Ma'lumot uchun, «MYu» hozirga qadar Meyson Maunt bilan shartnoma tuzishga ulgurdi va endi «Inter» darvozaboni Andre Onana transferi ustida faol ish olib bormoqda. Ikkinchi tomondan, bosh murabbiy Erik ten Xag bahordayoq avvalo, sifatli hujumchiga ehtiyoji borligini ma'lum qilgandi. Mankunianliklar shunga yarasha Garri Keyn transferi masalasida muzokara boshlashga urinishdi, ammo... Endi esa OAV xabarlariga qaraganda, ular «Tottenxem» goleadori nomzodidan voz kechib, e'tiborni daniyalik hujumchi Rasmus Xeylundga burishgan. «Atalanta» hujumchisining o'zi «Old Trafford»ga ko'chib o'tishga moyil, faqat shunisi borki, bergamoliklar uning uchun kattagina summa so'rashmoqda. Qolaversa, Rasmusda top-ligada o'ynash tajribasi hali kam.

Agent Born Xoramdelning ishorasiga ishonsak, «qizil iblislar» hujumiga yana bir yaqqol nomzod bor. «Portu»da etakchilar guruhiga qo'shilgan Mehdi Taremi manfaatlarini himoya qiluvchi vositachi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasiga «Old Trafford»ga kiraverish nuqtasiga osib qo'yilgan «Yunayted» ramzi suratini joylashtirdi. Takrorlash kerak, bunga qadar 30 yoshli eronlikning «Yunayted»ga o'tishi yuzasidan qisqa xabar ham chiqmagandi. Lekin agent ishorasi mantiqqa zid emas. Birinchidan, Eron milliy jamoasi vakili o'tgan mavsum «Portu»da 29ta gol urdi. Ikkinchidan, Portugaliyaning O Jogo nashri ma'lumotlariga qaraganda, uning transferini 17 million funtga sotib olish imkoni bor. Aytgancha, oldinroq Taremiga «Arsenal» tomonidan qiziqish borligi aytilgandi. Aftidan, bu borada Mikel Arteta oldida jiddiy raqib ham yo'q emas. Har holda, Manchester Evening News nashrining qo'shimcha axboroti bo'yicha aytsak, klub ramzi surati oldinroq olingan, ammo bu Taremi bo'yicha gap-so'zlar umuman yo'qligini anglatmaydi. Qiziq, «qizil iblislar» muxlislari eronlik hujumchi variantiga qanday qarasharkin...?

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR