logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 01:55
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Metallurg" eronlik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

 26 IYUL, 2023, 19:55

Superliga – 2023 mavsumining ikkinchi davrasi oldidan “Metallurg” o'z tarkibini Eronlik yana bir o'yinchi bilan mustahkamladi. Eron Islom Respublikasi milliy terma jamoasining sobiq o'yinchisi Danial Mahini bekobodliklar safiga kelib qo'shildi.

Professional futbol faoliyati davomida Eron pro ligasida 58, Azadegan ligasida 23, OFK chempionlari ligasida 8, Xafzi kubogida 3, Superkubokda 1 ta o'yinda maydonga tushgan Mahini jami 92 ta o'yinda qatnashgan. “Eronjavon”, “Esteglal” (Xuzeston), “Saypa”, “Malavan”, “Paykon”, “Arman Gohar” jamoalarida to'p surgan.

Danial Mahini – 29 yoshda, 1993 yilning 25 sentyabr sanasida tug'ilgan.
Tug'ilgan joyi – Eron Islom Respublikasi, Bushehr.
Bo'yi – 182 sm
Vazni – 75 kg.
Ampluasi – himoyachi

“Metallurg”ning ahil oilasiga xush kelibsan, Danial!" - deyiladi bekobodliklar rasmiy bayonotida.


Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR