logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Bekobodliklar yana bir eronlik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

 26 IYUL, 2023, 19:44

Bekobodning “Metallurg” jamoasi Eron terma jamoasi a'zosi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Professional futboldagi faoliyatini “Sanat Naft” yoshlar jamoasida boshlagan Yazdando'st tez orada mazkur jamoaning asosiy tarkibidan muqim joy egalladi. 2018 yilgi mavsumda yarim yil “Naft Masjid Sulaymon” jamoasida o'ynadi. Keyingi yillarda esa “Mes Rafsanjani”, “Esteglal” (Xuzeston), “Shaxr Xodru”, “Traktorsozi” jamoalarida o'ynadi. 2023 yildan e'tiboran yana qadrdon jamoasi “Naft MS” jamoasiga qaytdi.

Professional futbol faoliyati davomida Fors ko'rfazi professional ligasida 51 ta, Azadegan ligasida 51 ta, Xazfi kubogida 3 ta o'yin o'tkazgan. 4 ta gol urgan.

Rizo Yazdando'st – 31 yoshda, 1991 yilning 7 noyabr sanasida tug'ilgan.
Tug'ilgan joyi – Eron Islom Respublikasi, Kazerun.
Bo'yi – 196 sm
Vazni – 83 kg.
Ampluasi – markaziy himoyachi

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR