logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:39
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

“Metallurg” yangi o'yinchilarini tanishtirdi

 26 IYUL, 2023, 19:00

Bugun “Metallurg” futbol akademiyasi anjumanlar zalida jamoamizga davralar oralig'ida tarkibga kelib qo'shilgan o'yinchilarni tanishtirish marosimi bo'lib o'tdi.

Marosimda “Metallurg” futbol klubi bosh direktori Shavkat Saidov, jamoa bosh murabbiyi Vesko Steshevich va boshqa rasmiy kishilar ishtirok etishdi.

Ikkinchi davra arafasida “Metallurg” qo'shni Eron Islom Respublikasidan ikki nafar xorijlik futbolchini o'z tarkibiga jalb etdi. Bular – Rizo Yazdando'st hamda Danial Mahini bo'lib, ularning har ikkalasi himoya chizig'i vakillaridir. Shunisi e'tiborga molikki “Metallurg” tarkibiga qo'shib olingan eronlik futbolchilarning har ikkalasi o'z vaqtida mamlakat terma jamoalariga jalb etilgan o'yinchilardir.

“Metallurg” ikki yillik tanaffusdan so'ng o'zining qadrdon o'yinchisi Shahzod Ubaydullaevni tarkibiga qaytardi. Aynan Bekobodda hujum chizig'ida porlab, O'zbekiston milliy terma jamoasiga chaqiruv olgan Shahzod Ubaydullaev Belorus Respublikasining “Shaxter” (Soligorsk) jamoasiga transfer qilingandi. Bu yilgi mavsumning birinchi yarmini esa Farg'onada – “Neftchi” safida o'tkazgan Ubaydullaev ikkinchi davrada qadrdon klubiga qaytishni ixtiyor etdi.

Yarim himoya chizig'imizga ikki nafar mahoratli va tajribali o'yinchilar – Sardor Abduraimov hamda Iskandar Shayqulovlar taklif qilindi. “Mash'al” jamoasida tanilib, oxirgi ikki mavsumni Yaypanda – “Turon”da o'tkazgan Abduraimov va “So'g'diyona”dan jamoamizga kelib qo'shilgan Shayqulov jamoamiz o'yinini kuchaytirishiga shubha qilmaymiz.

“Metallurg” safiga 2001 yilda tug'ilgan iste'dodli yarim himoyachi Muhammadaziz Ibrohimov esa Toshkentning “Olimpik” jamoasidan kelib qo'shildi. Birinchi davraning deyarli barcha uchrashuvlarida maydonga tushgan Muhammadaziz ham “Metallurg” safiga tezda qo'shilib ketishiga ishonamiz.

Taqdimot so'ngida “Metallurg” PFK bosh direktori Shavkat Saidov, jamoa bosh murabbiyi Vesko Steshevich hamda klubga yangi qabul qilingan o'yinchilar OAV vakillari va “Metallurg” fan-klubi a'zolarining savollariga javob qaytarishdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR