logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 08:21
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

York "MYu"ga Mbappeni sotib olishni maslahat bermoqda

 26 IYUL, 2023, 18:55

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Duayt York klubga Kilian Mbappe uchun kurashga qo'shilishni maslahat berdi.

"Agar "Manchester Yunayted" Mbappeni qo'lga kiritsa, bu APL uchun ajoyib bo'lardi. Manchester klublari va ularning super yulduzlari o'rtasida raqobat bo'lardi. "Manchester Yunayted" ko'p yillardan buyon shaharning birinchi raqamli jamoasi bo'lib kelayotgani yo'q, lekin Mbappe bilan shartnoma imzolash jamoani shu darajaga ko'taradi. O'ylaymanki, Mbappe "Inter Mayami"da Messi kabi ta'sir o'tkazgan bo'lardi.

Mbappe bilan "Manchester Yunayted" chempionlik uchun favorit bo'lardi", - dedi York OLBG nashriga.

24 yoshli Mbappening "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR