logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 14:05
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Suares hozircha Messining jamoadoshiga aylanmasligi mumkin

 26 IYUL, 2023, 18:44

So'nggi paytlarda "Barselona"ning sobiq hujumchisi Luis Suaresni "Inter Mayami" bilan bog'lashi haqida mish-mishlar faol tarqalmoqda.

Biroq yaqin kelajakda urugvaylik futbolchining Lionel Messi bilan birlashishi sodir bo'lmasligi mumkin. Braziliya UOL nashri xabariga ko'ra, "Gremio" Suaresni klubda kamida 2023 yil oxirigacha qolishiga ishonchi komil. Qayd etilishicha, 36 yoshli hujumchining so'nggi kunlardagi xatti-harakatlari uning tez orada ketishni rejalashtirmayotganidan dalolat beradi.

“Gremio” safida 30 ta rasmiy o'yinda Luis Suares 13 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali tajribali futbolchini 4 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR