logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 04:40
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Saudiya Pro-ligasida Mbappe, Neymar, Levandovski va boshqalarni sotib olish uchun dahshatli byudjet mavjud!

 26 IYUL, 2023, 18:44

Saudiya Arabistonining oliy futbol ligasi, keyingi etti yil uchun reja tuzib chiqdi. Bu rejani amalga oshirish uchun naq 17 milliard funt (20 milliard evro) pul ajratilgan. Allaqachon futbol dunyosining eng katta nomlari Arabiston yarim oroliga yo'l olgan edi. Ularning keti uzilmayapti. Yaqinda ular ichida Mbappeni ko'rsak ham ajablanmaslik kerak. Mamlakatning sport vazirligi 17 milliardni 2030 yilgacha futbolni rivojlantirish uchun ishlatilishini belgilagan.


Shu kecha-kunduzning eng katta mavzusi Kilian Mbappe atrofidagi vaziyat bo'lib turibdi. "PSJ", hujumchi uchun "Al-Hilol" taklif qilgan 259 million funtni qabul qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Agarda "yangi oylar" Mbappeni ko'ndirishga erishsa, u holda 24 yoshli hujumchiga, yiliga 600 million funt maosh berilishi aytilgan. Arablarning pul sarflashi Mbappe bilan cheklanmaydi. Ular shu yozning o'zida Neymar va Modrichni ham O'rta Sharqqa olib ketishni niyat qilgan.


Xabarlarga ko'ra, yana o'sha "Al-Hilol" Neymar evaziga 38 million funt taklif qilmoqchi. "PSJ" bu pulni olsa, arablar Braziliya terma jamoasi a'zosiga yiliga 172 million funt maosh to'lashi mumkin. Xuddi shundayin, Modrich uchun ham yirik bitim taklif etish ko'zda tutilgan. Xorvatiyalik yarim himoyachi xizmatlari uchun "Al-Hilol" yiliga 170 million funt berishga tayyor.
Robert Levandovski ham allaqachon arablar radarida turibdi. Biroq, hujumchi Ispaniyada qolish niyatida. Bundan oldin Lukaku, Jeymi Vardi va Son ham arablarga rad javobini bergandi. Ammo Evropada osiyoliklar berayotgan yirik takliflarni qabul qilayotgan yulduzlar ham talaygina. Ularning yaqqol namunasi sifatida Riyad Maxrezni keltirish mumkin. Hujumchi "Manchester Siti"ga 30 million funt foyda keltirgan holda, "Al-Ahli" bilan haftasiga 500 ming funt berishni ko'zda tutuvchi bitim tuzdi. Uning jamoadoshi Bernardu Silvaga ham "Al-Hilol"dan takliflar bo'lgan. Agar portugaliyalik ushbu taklifga rozilik bersa, u Saudiya Arabistonida yiliga 41 million funt ishlab olishi mumkin bo'ladi.


APLdan allaqachon bir nechta taniqli nomlar Pro-ligaga jo'nab ketdi. Xususan, "Chelsi" yulduzlari Eduar Mendi va Kalidu Kulibali, "MYu" himoyachisi Aleks Telles va "Liverpul" sardori Jordan Xendersonlar o'zlariga yangi klub tanlab bo'lgan. Ulardan oldin amaldagi "Oltin to'p" g'olibi Karim Benzema "Al-Ittihod" bilan umumiy qiymati 342 million funtlik bitimga imzo chekkandi.
Hozirdan bemalol aytish mumkinki, Saudiya Arabistonining Evrofutbolga hujumi endigina boshlandi va u keyingi etti yil davomida tinmay davom etadi. Negaki, arablarda qiymati 17 milliardlik reja bor. Zero, ular pullari tugamaguncha, to'xtamaydi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR