logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 20:44
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" Kudus uchun kurashda etakchilik qilmoqda

 26 IYUL, 2023, 18:11

Londonning “Chelsi” jamoasi Amsterdamning “Ayaks” klubi hujumchisi Muhammad Kudus uchun kurashda “Arsenal”ni ortda qoldirmoqda. Jurnalist Migel Dileyning so'zlariga ko'ra, ganalik futbolchi uchun poygada hozir aynan “ko'klar” etakchilik qilmoqda.

"Ayaks" ushbu transfer oynasida Kudusni sotishga tayyor, ammo "Chelsi" hali rasmiy taklif bilan chiqmagan. "Ko'klar" futbolchining o'zi bilan shaxsiy shartlarni kelishib olishga yaqin turibdi.

Kudus hujumkor yarim himoyachi, markaziy hujumchi va o'ng qanot yarim himoyachisi sifatida o'ynay oladi. "Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino 22 yoshli Muhammadning o'yinlariga befarq emas.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR