logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:57
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ:
Real Madrid Fans Uzbekistan
Maydon.net - Sport yangiliklari!
Uzfutbol.net - Futbol yangiliklari (live)
2019 yildan etiboran barcha klublarning o'z ramzi va madhiyasi bo'ladi

 21 DEKABR, 15:03 224

.

O'zbekiston Professional Futbol Ligasi o'z oldiga qo'ygan asosiy vazifalardan biri – muxlislarga manzur bo'ladigan tomoshabop va qiziqarli, raqobatga boy chempionat tashkil etish hamda bu orqali stadionlarga ishqibozlar tashrifini ko'paytirishdan iborat sanaladi.

Ortda qolgan 2018 yilda ham stadionlarga yanada ko'proq tomoshabin jalb etish, ishqibozlarning milliy futbolimiz va chempionatimizga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirildi.

Stadionlarda oilaviy sektorlar tashkil etildi, jamoalar stadionlarida o'z rasmiy do'konlarini ishga tushirishdi, uchrashuvlar oldidan elimiz suygan sanatkorlar tomonidan turli koncert dasturlari va akciyalar o'tkazish yo'lga qo'yildi, ramazon oyi vaqtida tomoshabinlarga bepul iftorliklar ham taqdim etildi. Natijada 2017 yilgi mavsum bilan solishtirganda 2018 yilgi mavsumda milliy chempionatimizning har bir o'yiniga tashrif buyuradigan muxlislar o'rtacha soni deyarli 2 baravarga oshdi (o'rtacha har bir uchrashuvga kelgan muxlis soni: 2017 yilda4386 nafar tomoshabin; 2018 yilda esa 8050 nafar tomoshabin).

Professional Futbol Ligasi mazkur tashabbusni 2019 yilda ham davom ettiradi. Kelgusi mavsumda ichki chempionatimizga bo'lgan qiziqishni yanda orttirish va stadionlarga imkon qadar ko'proq ishqibozlar kelishini taminlash maqsadida amalga oshiriladigan loyihalar rejasi ishlab chiqildi.

Unga ko'ra, kelayotgan yilda har bir klubning shtat jadvali asosida ishga olingan muxlislar klubi etakchisiga yanada ko'proq masuliyat va vakolatlar taqdim etiladi. Muxlislar klubi etakchilari oldiga qo'yiladigan asosiy vazifa esa – o'z sevimli jamoasi ixlosmandlarini yanada ko'paytirib, ularni yagona fan-klubga birlashtirish bo'ladi. Bu borada etakchilarga klub va PFL tomonidan amaliy ko'mak ko'rsatiladi.

Qolaversa, ortda qolgan mavsumda talab qilingan, ammo ijrosi ayrim klublar tomonidan paysalga solingan klub ramzi (maskot) va madhiyasini ishlab chiqish masalasi ham yangi – 2019 yildan etiboran majburiy bo'ladi. Endilikda har bir klub (agar klub ramzi yoki madhiyasi mavjud bo'lmasa) klub nomi, joylashgan shahri, klubning asosiy ranglari, unga muxlislik qiladigan auditoriyadan kelib chiqqan holda o'z ramzi hamda madhiyasini ishlab chiqishi lozim bo'ladi. Bu orqali Superliga-2019 o'yinlari mobaynida o'yindan oldin, tanaffus vaqtida va uchrashuvdan so'ng stadionda klubning o'z madhiyasi yangrashi taminlanadi. Zero har bir jamoaning o'z ramzi va madhiyasiga ega bo'lishi – ushbu jamoani qo'llab-quvvatlovchi muxlislarni yanada jipslashtirishi jahon tajribasidan malum.

Evropaning ko'plab jamoalari muxlislari klub madhiyasini uchrashuvlar vaqtida ham o'z sevimli o'yinchilarini ruhlantirish uchun jo'r bo'lib kuylashadi. Ushbu ananani bizning klublar ishqibozlari o'rtasida ham shakllantirish ustida ish olib boriladi.

2018 yilda klublar stadionlari hududida o'z rasmiy do'konlarini tashkil etishdi. Ushbu amaliyot aksariyat klublar uchun endi-endi tadbiq etilayotgani sabab ayrim kamchiliklar kuzatildi. Jumladan, ko'p hollarda ishqibozlar harid qilishni istagan klub atributikalari sotiladigan do'konlar faqatgina o'yinlar vaqtida faoliyat ko'rsatdi, xolos. Yangi mavsumdan etiboran har bir klub rasmiy do'koni o'yinlardan tashqari vaqtlarda ham muxlislarga xizmat ko'rsatishi taminlanadi. Qolaversa, stadionlardagi o'yinlar vaqtida sotiladigan egulik va ichimliklar narhi ham maqbul tarzda bo'lishi nazorat qilinadi.

2018 yildan stadionlarda yo'lga qo'yilgan oilaviy sektorlar tashkil etish amaliyoti ancha samara berganiga guvoh bo'ldik. Natijada ortda qolgan mavsumning aksariyat uchrashuvlarida futbol ixlosmandlari o'yinlarni tomosha qilish uchun stadionlarga o'z oila azolari, farzandlari bilan birgalikda tashrif buyura boshlashdi. 2019 yilda oilaviy sektorlarga etibor yanada kuchaytiriladi va stadionga oilaviy tashrif buyuruvchi muxlislarga turli qulayliklar yaratilishiga harakat qilinadi.

SHuningdek, Superliga uchrashuvlari uchun chiqariladigan chiptalar endilikda faqat stadion kassasidagina emas, sayyor kassalar orqali odam gavjum joylarda ham sotilishi yo'lga qo'yiladi.

Muxlislar bilan ishlashni yanada yaxshilash, jamoatchilikning milliy chempionatimizga etibori va qiziqishini oshirish maqsadida Yoshlar Ittifoqi, turli talim muassasalari bilan hamkorlik kengaytirilib, etakchi futbolchilarning joylarga tashrif buyurishi va yoshlar bilan turli davra suhbatlari o'tkazishi orqali ularni sog'lom-turmush tarziga targ'ib etish ishlari yanada ko'paytiriladi. SHuningdek, o'yinlardan tashqari vaqtlarda stadionlarga va klublar muzeylariga yoshlar uchun ekskursiyalar tashkil etish ishlari yanada ko'proq amalga oshiriladi.

Ushbu chora-tadbirlarning barchasi 2019 yilda Superliga uchrashuvlari vaqtida stadionlarimizga ishqibozlar tashrifi yanada ko'payishi uchun amalga oshiriladi.

[kulrang]Manba: pfl.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR