logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:48
KirishA'zo bo'lish
«Ko'rdingmi, sabr qilish kerak demaganmidim?» Sanches va Roxo Mourinoning istefosi bo'yicha garov bo

21 DEKABR, 10:52 289

«Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanches jamoadoshi Markos Roxo bilan garov o'ynab, bosh murabbiy Joze Mourinoning istefoga chiqarilishi ortidan 20 ming funt yutib olgan. Bu haqda The Sun xabar tarqatdi.

Nashrning aniqlashicha, chililik futbolchi jamoaning WhatsApp messenjeridagi guruhida shunday deb yozgan: «Aytganim-a senga! Sabr qilish kerak, deb. Roxo, mendan 20 ming funt qarz bo'lding».

Qayd etilishicha, Sanches bu xabarni seshanbada - Mourinoning ishdan bo'shatilgani elon qilingan kuni yo'llagan. U bu paytda Chilida, tug'ilgan kunini nishonlash arafasida edi. Ertasiga Aleksis 30 yoshini qarshi olgan, Instagram sahifasida do'stlari va oilasi bilan ko'tarinki kayfiyatda tushgan suratlarini joylagan.

Bundan tashqari, Sanches otga minib yurgani aks etgan suratni ham tarmoqqa joylashtirgan. Vaholanki, u sonidan jarohat olgani uchun vataniga ketgani aytilgan edi.

Aleksis portugaliyalik sobiq murabbiy bilan eng tarang munosabatda bo'lgan futbolchilardan biri sifatida ko'rsatib kelinadi. Ayrim malumotlarga ko'ra, u shu yil boshida jamoaga qo'shilganidan afsuslanishi haqida jamoadoshlariga aytib kelgan.

Eslatib o'tamiz, kecha Mourino bilan ziddiyatga borgan va istefodan so'ng istehzoli suratini tarmoqqa joylagan Pol Pogba ham murabbiyning istefosini nishonlagani xabar qilinganedi.

Xabarda aytilishicha, Pogba xursandchilikdan sakragan va yonidagilarga go'yoki shunday degan: «U meni ahmoqqa chiqarmoqchi va fanatlarni menga qarshi qilib qo'ymoqchi edi. Lekin u adashdi».

O'sha kuni vaqtincha murabbiy vazifasida bo'lgan Maykl Kerrik buning uchun futbolchiga dashnom bergan va klub har qanday futbolchidan muhimroqligi, «Yunayted» standartlariga mos kelmagan futbolchidan voz kechilishi haqida gapirgan. Qolaversa, klubning sobiq futbolchisi Gari Nevill ham holatga munosabat bildirib, franTsiyalik xavbekni tanqid ostiga oldi.

Keyinchalik Pogba tarmoqdagi surati uchun jazolangani malum bo'ldi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21