logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 09:34
KirishA'zo bo'lish
Pochettinoga «MYu» haqidagi savollarga javob qaytarish taqiqlandi

21 DEKABR, 09:34 180

«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoga «Manchester Yunayted»ning qiziqishi haqida savol berish taqiqlandi. Klub matbuot xizmati vakiliga ko'ra, matbuot anjumanlari vaqtida yana shu mish-mishlar mavzusining ko'tarilishi maqsadga muvofiq emas.

«Shporlar» matbuot xizmati kecha bo'lib o'tgan anjumanda shu haqda malum qilib, jurnalistlardan bu borada savol bermaslikni so'ragan.

Kotibning ushbu iltimosidan so'ng Pochettino unga hazil aralash shunday degan: «Matbuot anjumanining yulduziga aylanadigan bo'lding».

Avvalroq ESPN nashri o'z manbalariga tayanib «MYu» Pochettinoni bosh murabbiylikka birinchi raqamli nomzod sifatida ko'rayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Ingliz nashlariga ko'ra, mankunianliklar londonliklarga murabbiyning 5 yillik shartnoma muddatidagi maoshi miqdorini to'lig'icha – 42 mln evro qilib to'lashga ham tayyor turibdi.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20