logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:50
KirishA'zo bo'lish
Sulsher yangi lavozimida ilk marta intervyu berdi

21 DEKABR, 08:47 280

.

«MYu»da vaqtincha bosh murabbiy sifatida ish boshlagan Ole-Gunnar Sulsher o'zining ilk intervyusida jamoa azolarining yana futboldan rohat olib o'ynay boshlashlariga erishmoqchi ekanini takidladi. U klub televideniesi orqali chiqish qilgan.

«Menga berilgan 6 oylik muhlatda rohat olib ishlash niyatidaman. O'z uyimga qaytdim. Klub boshqa murabbiy izlashda davom etyapti, men esa murabbiylar shtabi bilan o'z bilganimdek yo'l tutmoqchiman. Biz o'yinchilarning futboldan rohat olib o'ynashlarini istayapmiz.

Ko'p futbolchilar bilan gaplashib oldim. Jamoada professionallar yig'ilgan, ular yaxshi mehnat qilish va o'z ustida ishlashni istashmoqda. Ular bilan yaxshiroq tanishib olishim uchun hali yana biroz vaqt kerak.

Oldinda turgan o'yinlarimiz soni muammo emas, chunki tarkibimizda mahoratli futbolchilar yig'ilgan va bu ularga shu klubning azosi bo'lishga loyiqligini isbotlash imkoniyati bo'ladi.

Natijalarga etibor bermay ilojimiz yo'q, o'yinlarda g'alaba qozonishni xohlayapmiz. Futbolchilarning ana shunga erishishlarida yordam berish – mening vazifam. Biz ularning o'zlari qo'lidan keladigan darajada futbol o'ynashlarini ko'rmoqchimiz», – deya aytib o'tdi Sulsher.

45 yoshli murabbiy «MYu» ustozi sifatida ilk o'yinini ertaga «Kardiff» maydonida o'tkazadi.

«Tahlilchilar «Kardiff»ning o'yinlarini ko'rib chiqishdi. O'zim ham Premer-ligani ko'rib boraman. Bu erda asosiysi o'zimizning o'yinimiz, raqib emas. Futbolchilar o'zlarini qay darajada ko'rsata olishlarini kuzatmoqchimiz. Asosiy diqqatimiz raqibga emas, o'zimizga qaratilgan.

RotaTsiya bo'ladi. Imkoniyat barchaga beriladi», – deb aytib o'tdi Ole-Gunnar Sulsher.

«Kardiff»–«MYu» uchrashuvi ertaga, Toshkent vaqti bilan soat 22:30da boshlanadi. 18-turdan oldin mezbonlar 16, mehmonlar esa 6-o'rinda bormoqda.

[kulrang]Manba: tribuna.uz[/kulrang]
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 10