logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 00:33
KirishA'zo bo'lish
«Real Madrid» yosh iqtidorli o'yinchi bilan kelishuvga erishdi

21 DEKABR, 06:51 352

“Melilya” futbolchisi Muhammad Mizzian faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” futbolchi bilan kelishuvga erishgan. Kelasi yozgacha “Melilya” safida o‘ynaydi va keyin “Real”ga ko‘chib o‘tadi.

“Real” skautlariga futbolchining o‘yinlari kubok o‘yinidan keyin yoqib qolgan. O‘sha o‘yinlarda 18 yoshli Mizzian jami 71 daqiqa harakat qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Ispaniya kubogi doirasidagi bahsda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra “Melilya”ni mag‘lub etib keyingi bosqichga yo‘l olgan edi.

[kulrang]Manba: stadion.uz[/kulrang]

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 27