logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 12:50
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Chelsi" Veyga bilan qiziqmoqda, "Manchester Siti" esa boshqa maqsadlarga e'tibor qaratmoqda

 26 IYUL, 2023, 13:44

"Chelsi" hali ham "Selta" yarim himoyachisi Gabri Veyga bilan qiziqmoqda, uning transfer bozorida tovon puli 40 million evro qiib belgilangan. Jurnalist Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "pensionerlar" ispaniyalik yarimhimoyachiga may oyidan beri qiziqish bildirishadi.

Veyga xizmatiga qiziqayotgan yana bir klub "Manchester Siti" bo'ldi, ammo "shaharliklar" ayni damda ispaniyalik futbolchiga bo'lgan qiziqishni sovitib, boshqa futbolchilarni transfer qilish bilan shug'ullanishmoqda.

Veyga shu yozda "Manchester Yunayted"ga o'tgan Meyson Mauntning o'rniga "Chelsi"ga nomzodlardan biri hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR