logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:37
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Manening agenti futbolchini Ronaldu klubiga o'tishini muhokama qilmoqda

 26 IYUL, 2023, 13:33

Myunxenning “Bavariya” klubi hujumchisi Sadio Mane Saudiya Arabistoni “An-Nasr” klubining transfer maqsadi bo'lib qolmoqda. Bu haqda insayder Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.

Manbaga ma'lum bo'lishicha, 31 yoshli futbolchining agenti yaqin kunlarda Saudiya klubi vakillari bilan uchrashib, kelishuv tafsilotlarini qoralaydi. Avvalroq matbuotda "An-Nasr" senegallik uchun taxminan 30 million evro taklif qilishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Sadio o'tgan mavsumda "Bavariya" safida barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR