logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

APL "Tottenxem" futbolchisining "Spartak"ka o'tishiga qarshilik qildi

 26 IYUL, 2023, 12:55

"Tottenxem" himoyachisi Davinson Sanches Moskvaning "Spartak" klubiga o'tmaydi, deya xabar bermoqda The Guardian nashri.

Manbaning xabariga ko'ra, kelishuv Premer-liga pozitsiyasi tufayli amalga oshmaydi. Angliya ligasi o'z klublarining Rossiya vakillari bilan biznes yuritishiga har tomonlama to'sqinlik qilmoqda. Shu munosabat bilan Davinson "Spartak" bilan variantdan voz kechishga qaror qildi va boshqa klublar bilan muzokaralar olib boradi.

Kolumbiyalik futbolchi 2017 yildan beri London jamoasining sharafini himoya qilib kelmoqda. 27 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda “shporlar” safida 24 ta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmadi.

Sanchesning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 15 million evro.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR