logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 23:17
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Superliga. "Andijon" - "Nasaf". Prevyu.

 26 IYUL, 2023, 12:22

Nihoyat, ikkinchi davra bahslari start olmoqda. “Andijon” jamoasi ham mavsumning ikkinchi startiga astoydil tayyorgarlik ko'rdi. Bu borada “Burgutlar” Tojikistonda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi va qator nazorat uchrashuvlari ham tashkil qilindi.

“Andijon” jamoasi ikkinchi davra boshlanishini “Nasaf”ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. 28 iyul kuni muhtasham “Bobur Arena”da minglab muxlislar qarshisida “Burgutlar” “Ajdarlar”ni qabul qiladi.

Jamoaning uy stadioni to'liq rekonstruktsiya qilindi va PFL Reglamentiga mos ravishda hammasi qulay sharoitga keltirildi.

Ushbu jamoalarning o'zaro uchrashuvlar tarixiga to'xtaladigan bo'lsak, chempionat mobaynida klublar shu kungacha 43 bora to'qnash kelishgan. Shulardan 7 tasida “Andijon”ning qo'li baland kelgan. “Nasaf” esa 27 marta g'olib chiqqan. Shuningdek, 9 ta bahsda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 49\94 “Nasaf” foydasiga.

Qiziq fakt bor: gap shundaki, 2019 yili ham “Andijon” stadioni qaytadan rekonstruktsiya qilingan va yangilangan stadion ochilish uchrashuvida “Nasaf”ni qabul qilgan va jamoa 3:1 hisobida g'alaba qozonib ishqibozlarni quvontirgandi. Bu gal ham yangilangan “Bobur Arena”ning ochilish uchrashuvida yana “Nasaf” mehmon bo'ladi.

Yodingizda bo'lsa, joriy yilgi chempionatning ochilish o'yinida “Andijon” “Nasaf” maydonida Sardor Abdunabievning chiroyli goli evaziga jamoamiz o'ta muhim g'alabani qo'lga kiritgan.

Eslatib o'tamiz, “Andijon” – “Nasaf” o'rtasidagi uchrashuv 28 iyul kuni “Bobur Arena”da soat 20:00 da boshlanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR