logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:53
KirishA'zo bo'lish
«Boka Xuniors» Mourinoni taklif qilmoqchi

20 DEKABR, 21:11 235

Argentinaning «Boka Xuniors» klubi «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino xizmatiga qiziqish bildirmoqda.

Tuttomercatoweb xabariga ko'ra, klubning yangi sport direktori Nikolas Burdisso portugaliyalik mutaxassisni jamoaga taklif qilmoqchi. Avvalroq, har ikkalasi ham «Inter» klubida birga ishlashgan edi. Agar Mourino bosh murabbiylikka rozi bo'lsa, yana bir shogirdi Esteban Kambyasso uning yordamchisi qilib tayinlanishi mumkin.

«Boka» murabbiy bilan bog'lanib, rasman taklif bergan.

Eslatib o'tamiz, Mourino 18 dekabr kuni «MYu»dan istefoga chiqarildi. Shundan so'ng, uning «Real» klubiga qaytishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 17