logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 06:55
KirishA'zo bo'lish
"Barselona" futbolchisi adidas butsalarida maydonga tushishga majbur

20 DEKABR, 19:02 262

Gollandiya sudi adidas va "Barselona" yarim himoyachisi Rafinya Alkantara o'rtasidagi ishni sport kiyimi ishlab chiqaruvchi kompaniya foydasiga yakunladi.

Adidas futbolchini shartnoma shartlarini buzgani uchun sudga bergan edi. 2013 yilda Rafinya kompaniya bilan 5 yillik bitim imzolagan.

Yozda ushbu kelishuv yakuniga etdi, ammo adidas futbolchi vakili bilan bog'lana olmadi va avtomatik ravishda bitimni uzaytirdi. Rafinya esa ular bilan bog'lanishmaganini malum qildi.

Futbolchi shartnomani uzaytirishni istamagandi, chunki jarohat olgan yillarda (2015-2017) kompaniya uni etarli darajada qo'llab-quvvatlamagan ekan.

Biroq adidas bilan tuzilgan bitimda kelishuvni avtomatik 5 yilga uzaytirish bandi bor edi.

Rafinya mavsumning katta qismini Mizuno butsalarida o'tkazdi, bundan g'azablangan adidas futbolchini sudga berdi.

Sud qaroriga ko'ra, Rafinya har o'yinda ushbu kompaniya butsalarida to'p tepadi yoki shartnomani har safar buzgani uchun 10 ming evrodan jarima to'laydi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 20