logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 22:57
KirishA'zo bo'lish
Zidan «MYu»ning taklifini ko'rib chiqmoqda

20 DEKABR, 17:35 312

«Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

As nashri malumotiga ko'ra, franTsuz mutaxassisda «Manchester Yunayted» tomonidan berilgan taklif mavjud. U taklifni ko'rib chiqmoqda.

Zidan «Yuventus»da yoki FranTsiya terma jamoasida ishlashni istagan, ammo yaqin vaqt ichida buning imkoni yo'qligini tushunib turibdi. Shu tufayli u «MYu» variantini o'rganib chiqmoqda.

Bundan avvalroq, Joze Mourinoni ishdan bo'shatib, uning o'rniga mavsum yakuniga qadar Ole-Gunnar Sulsherni tayinlagan «Manchester Yunayted» rahbariyati «Tottenhem» murabbiyi Maurisio Pochettinoni jamoaga taklif qilmoqchiligi, uning uchun 42 million evro miqdoridagi tovon pulini to'lashga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 3
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 19