logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 05:29
KirishA'zo bo'lish
«Peres uni yoqtiradi». Mourinoning «Real»ga qaytishi imkoni yuqori

20 DEKABR, 16:08 212

«Real»ning sobiq sport direktori Predrag Miyatovich «MYu»dan istefoga chiqarilgan Joze Mourino Madrid klubiga qaytishi ehtimoliga munosabat bildirdi.

«Uning qaytish imkoniyatini foizlarda aniq aytish qiyin, ammo bu ro'y berishi ehtimoli yuqori.

Peres Mourinoni yoqtiradi. O'ylaymanki, u har safar yangi murabbiy izlayotganida Joze bilan bog'lanib ko'radi.

Ehtiyot bo'ling! Imkoniyatlar juda yuqori», – degan Miyatovich.

Bundan avvalroq Florentino Peres portugaliyalik mutaxassisni yozda bosh murabbiy etib tayinlash niyatida ekani haqida xabar berilgandi. Agar klub uni hoziroq bosh murabbiy sifatida tayinlasa, «Manchester Yunayted»ga 5 million evro miqdorida kompensaTsiya to'lashga to'g'ri keladi.

Malumot uchun, «Real» yaqinda Santgo Solarini bosh murabbiy qilib tayinlab, u bilan 2021 yilgacha mo'ljallangan shartnomani imzolagan edi.

Eslatib o'tamiz, Mourino 2010-2013 yillarda «Real»da ishlagan va 1ta chempionlik unvonini yutib olgan.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 21