logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:56
KirishA'zo bo'lish
«MYu» va «Molde»ning Sulsher bo'yicha kelishuvining moliyaviy jihatlari oshkor qilindi

20 DEKABR, 16:07 161

Ole-Gunnar Sulsherni vaqtincha murabbiy etib tayinlagan «Manchester Yunayted» «Molde»ga mutaxassis shartnomasi bir tomonlama buzilgani uchun tovon puli to'laydi.

Malum qilinishicha, «Yunayted» Sulsherning vaqtinchalikka kelishi uchun norveglar klubiga 1,8 million funt o'tkazib beradi.

Agar «MYu» rahbariyati mavsum yakunida Sulsherni keyingi mavsumlar uchun ham olib qolib, uni doimiy asosda murabbiy etib tayinlaydigan bo'lsa, sobiq klubiga yana 7,2 million funt qo'shimcha to'lanadi.

Bundan avvalroq Sulsher «MYu» yangi bosh murabbiy topgunicha jamoani boshqarib turishi malum qilingandi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 24