logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 16:01
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Gyundogan nima uchun «Manchester Siti»ni tark etganini tushuntirdi

 6 SENTYABR, 2023, 19:12

«Barselona» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan «Manchester Siti»ni tark etishi sabablarini tushuntirdi.

«Siti» bilan yangi shartnoma borasida muzokaralar faollashgunga qadar ancha vaqt ketdi. Axir, bu ajoyib yakun edi, bundan yaxshiroq yakun bo'lishi mumkin emas edi. Biroq bolaligimdan «Barselona»da o'ynashni orzu qilardim», - deya Gyundoganning so'zlarini keltiradi Bild.

32 yoshli germaniyalik futbolchi yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida «Barselona» bilan shartnoma imzoladi. U 2016 yildan buyon «Manchester Siti»da o'ynamoqda. O'zining so'nggi mavsumida Gyundogan «shaharliklar» bilan Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR