logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 10:17
KirishA'zo bo'lish
Balotelli yana bir murabbiyning joniga tegdi

20 DEKABR, 16:05 183

«NiTsTsa» bosh murabbiyi Patrik Vieyra klub hujumchisi Mario Balotelli FranTsiya Ligasi Kubogining 1/8 finali doirasida «Gengam»ga qarshi kechgan o'yinda (1:3) ishtirok etmaganini izohladi.

«Mario Balotelli nega o'ynamadimi? U shanba kuni «Strasbur»ga qarshi o'yinda ham bo'lmaydi. Bu murabbiylik qarori. U yanvarda jamoani tark etadimi? Uning shartnomasi hali tugamagan. Lekin har narsa bo'lishi mumkin», — degan Vieyra.

Murabbiy va futbolchi o'rtasidagi munosabatlar oxirgi vaqtlarda juda yomonlashdi.

Dekabr oyi boshida «NiTsTsa»ning FranTsiya chempionati doirasida «Gengam»ga qarshi o'yini (0:0) vaqtida Mario Balotelli o'zini almashtirgani uchun murabbiy Patrik Vieyradan norozi bo'lgani va uning oldidan o'ta turib, qo'lqopini jahl bilan echib erga urgani videosi tarqalgandi.

ayni vaqtda 28 yoshda bo'lgan Mario Balotelli hali hech bir chempionatda 3 mavsumdan ortiq qolmagan: «Inter»da ham, «Manchester Siti»da ham 3 mavsumdan o'ynagan.

Joriy mavsum avvalida «NiTsTsa»ni Balotelli bilan yaxshi munosabat o'rnata olgan murabbiy Lyusen Favr tark etgan va Dortmundning «Borussiya» klubi safiga yo'l olgandi.

Balotelli yozgi transferlar vaqtida «Marsel»ga o'tishi kutilgan, ammo «NiTsTsa» rahbariyati uni qo'yib yubormagandi. Futbolchi klubning mavsumoldi yig'iniga 2 hafta kechikib keldi. Bundan tashqari, u ortiqcha vazn to'plagandi - norma 88 kg bo'lgani holda, 100 kg.

«Mario hamisha Marioligicha qoladi. U klubga sadoqatini namoyish etishga harakat qilmoqda; u yana harakat qilishi kerakligini biladi. Unga yaxshiroq o'ynashiga bir necha kilo xalaqit bermoqda. Ortiqcha vazndan qutulish uchun u yana mashg'ulotlar o'tkazishi kerak», – degandi Favr o'rniga kelgan Patrik Vieyra.

Mario Balotelli joriy mavsumda FranTsiya chempionatining 10 o'yinida maydonga tushdi va bitta ham gol ura olmadi. U darvozalarga jami 33 marta zarba bergan, samaradorlik ko'rsatkichi nolga teng. Shu bilan birga, 5 marta sariq kartochka olgan. Taqqoslash uchun, u o'tgan ikki mavsumda jami 44ta golga muallif bo'lgandi.

.

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR
BOSH SAHIFA
ONLINE: 0 / 24