logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:48
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Feliksning bir soniya ham o'ylanib o'tirmay "Barselona"ga o'tgani 17 million evro zarar olib keldi

 6 SENTYABR, 2023, 18:06

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Joau Feliks "Atletiko"dan "Barselona"ga ijaraga o'tgani uchun qariyb 17 million evro yo'qotdi, deya xabar bermoqda Telecomasia.net portali.

Feliksning "Atletiko" bilan shartnomasi bor edi, unga ko'ra u mavsumiga 6 million evro ishlab olardi, uning "Barselona"dagi maoshi esa 400 ming evroni tashkil qiladi.

"Barselona"ga ijaraga o'tish uchun "Atletiko" Feliksdan maoshi mavsumiga 6 million evrodan 3 million evroga qisqartirilgan holda shartnomasini uzaytirishni talab qildi.

23 yoshli futbolchining umumiy zarari taxminan 17 million evroni tashkil etadi: bu mavsumda taxminan 5 million evro va "Atletiko"ning maoshini qisqartirishi natijasida keyingi mavsumlarda taxminan 12 million evro.

Shu bilan birga, Feliks "Barselona"ga o'tish qarorida "bir soniya ham ikkilanmay qolgani" xabar qilingan. Kataloniya klubi rahbariyati Portugaliya terma jamoasi futbolchisining "Barselona"ga o'tishi uchun qilingan "katta moliyaviy harakatlar"ni qayd etdi.

Feliksning o'zi kataloniyaliklar uning shartnomasini sotib olishlari uchun "Barselona"da o'zini ko'rsata olishiga umid qilmoqda. Balki kelajakda Feliksning maoshini kamaytirish qarori unga eski shartnomasi bo'yicha "Atletiko"da qolib ishlab topganidan ko'ra ko'proq pul olib kelishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR