logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 19:00
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Yuventus" to'rt nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

 6 SENTYABR, 2023, 17:42

"Yuventus" 4 nafar futbolchisi bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni boshlashga tayyor.

Ushbu ro'yxatga darvozabon Voytsex Shesni, himoyachi Federiko Gatti, yarim himoyachi Adrien Rabo va vinger Federiko Keza kiritilgan. La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha, "keksa sinora" ushbu futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirmoqchi.

Qayd etilishicha, Rabo "Yuventus" uchun ustuvor vazifa, chunki uning shartnomasi kelasi yilning iyun oyida tugaydi.

A Seriyaning uchta boshlang'ich turida "Yuventus" etti ochko to'pladi. Jamoa turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR