logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:30
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Karvaxal: "Gruziya - kuchli terma jamoa"

 6 SENTYABR, 2023, 17:42

Ispaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi himoyachisi Dani Karvaxal Evro-2024 saralashida ishtirok etadigan Gruziya terma jamoasi haqida fikr bildirdi.

"Ular guruhda bor kuchlarini bergan Shotlandiyadan keyin ikkinchi o'rinda. Gruziya o'z maydonida o'ynasa, juda kuchli jamoa. Ammo biz yana qoqilishga haqqimiz yo'q", - dedi Karvaxal Marca bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, 8 sentyabr kuni Ispaniya terma jamoasi Gruziya bilan o'ynaydi. Keyin esa 12 sentyabr kuni Kipr terma jamoasi bilan o'yin o'tkazadi.

Evro-2024 saralashida o'tkazilgan ikkita o'yindan so'ng Ispaniya terma jamoasi uch ochko jamg'arib, ayni damda saralash guruhida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi. O'z navbatida Gruziya terma jamoasi uchta o'yin o'tkazib, to'rt ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni band etib turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR