logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 17:18
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Barselona" Messi ketganidan so'ng bu ishni uddalay olmayapti

 6 SENTYABR, 2023, 17:24

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi futbolchilari argentinalik yulduz Lionel Messi ketganidan so'ng 41 marta jarimadan zarba berib, raqib darvozasiga to'p kirita olmadi. Bu haqda Squawka Football telegram kanali xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Messidan so'ng "ko'k-anorranglilar" safida 11 nafar futbolchi jarimadan zarba berib ko'rgan. Bular: Rafinya (12), Robert Levandovski (6), Memfis Depay (6), Ansu Fati (4), Ferran Torres (4), Filippe Koutino (2), Ilkay Gyundogan, Jordi Alba, Usmon Dembele va Jerar Pike (barchasi - bittadan zarba).

O'tgan mavsumda "Barselona" 88 ochko jamg'arib, Ispaniya chempioniga aylandi. Chempionlar ligasida esa Xavi shogirdlari guruh bosqichida ishtirokini yakunladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR