logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 18:56
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

"Latsio" futbolchisi Saudiyaga borishdan bosh tortdi

 6 SENTYABR, 2023, 17:18

"Latsio" yarim himoyachisi Felipe Anderson Saudiya Arabistoni chempionatiga o'tishdan bosh tortdi. Futbolchiga "Ash-Shabab" klubidan taklif bor edi va u rad javobini berdi.

Braziliyalik yarim himoyachi "Latsio"da qolishga va "burgutlar" bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi. Andersonning "burgutlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. 30 yoshli janubiy amerikalik futbolchining transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda.

Italiya chempionatining joriy mavsumida Felipe uchta jang o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR