logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 02:29
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Arauxoning tiklanish vaqti ma'lum bo'ldi

 6 SENTYABR, 2023, 17:12

"Barselona"ning yaqinda jarohat olgan markaziy himoyachisi Ronald Arauxoning tiklanish vaqti ma'lum bo'ldi. Jurnalist Adria Albetsning fikricha, urugvaylik futbolchining tiklanishi uchun yana 15 kun kerak bo'ladi.

Manbaga ko'ra, Arauxo "Barselona" Belgiyaning "Antverpen" klubiga qarshi o'ynaydigan Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turida maydonga qaytishi kutilmoqda. O'yin 19 sentyabr kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, Arauxo jarohati tufayli Urugvay terma jamoasi joylashgan joyga bormagan edi. O'tgan mavsumda Ronald Qatardagi jahon chempionatida ham terma jamoasiga yordam bera olmadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR