logotip
Assalom-u alaykum, Mehmon!
Soat: 11:59
KirishA'zo bo'lish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Gvardiol: "Gvardiola menga bir haftada ko'p narsani o'rgatdi"

 6 SENTYABR, 2023, 17:06

"Manchester Siti"ning yozgi transferi Yoshko Gvardiol Xosep Gvardiola qo'l ostida ishlash haqida gapirdi.

"Men Pep Gvardiola bilan ishlashdan faxrlanaman. Buni aytishga erta bo'lishi mumkin, lekin birga ishlagan haftada u menga ko'p narsani o'rgatdi. Vaqt o'tishi bilan yaxshilanib boraman, deb o'ylayman", — dedi Gvardiol Xorvatiya terma jamoasidagi matbuot anjumanida.

"Leyptsig"dan Yoshko Gvardiol "Manchester Siti"ga o'tdi.

Qo'shimcha qilamizki, Xosep Gvardiola "Manchester Siti"ning so'nggi o'yinlarini o'tkazib yubordi, chunki murabbiy belidan jarrohlik amaliyotini o'tkazdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
QIZIQARLI FAKT VA IQTIBOSLAR